Gadjetlar

Vivo S50 va S50 Pro Mini smartfonlarini Xitoyda namoyish qiladi

Dekabr oyida
Vivo S50 va S50 Pro Mini smartfonlarini Xitoyda namoyish qiladi / Foto: Digital Chat Station

Vivo kompaniyasi dekabr oyida Xitoy bozorida Vivo S50 va Vivo S50 Pro Mini modellari taqdim etadi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, S50 Pro Mini yangi Snapdragon 8 Gen 5 platformasiga asoslangan birinchi qurilmalardan biri bo‘ladi. Standart Vivo S50 esa Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Snapdragon 8s Gen 3 platformasida ishlaydi.

Foto: Digital Chat Station

Vivo S50 ilgari 3C regulyator bazasida 90 vatt quvvatni qo‘llab-quvvatlashi bilan qayd etilgan edi. Qurilma 16 GB RAM va Android 16 operatsion tizimi bilan ishlaydi. Geekbench testida yagona yadroli unumdorligi 2044 ball, ko‘p yadroli testda esa 5851 ballni tashkil etdi.

Vivo S50 6,59 dyuymli OLED ekran, 1,5K ruxsat va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi. Asosiy kamerasi 50 megapikselli Sony IMX882 sensorli periskop modul bilan jihozlangan. Kompaniya smartfonni «Jangchi farishta» deb nomlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo o‘zining yangi flagman modeli X300 Pro smartfonini taqdim etgan edi.