
Markaziy bank dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator tijorat banklarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari davom etishini ma’lum qildi.
29 – 30-noyabr — shanba va yakshanba kunlari quyidagi 17 ta bankning ayrim shoxobchalari faoliyat yuritadi:
- Аgrobank
- Аpexbank
- BRB
- Ipoteka bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- Anor bank
- Asaka bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Saderot bank
- Universalbank
- Turon bank
- SQB
- Orient Finans bank
Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari kunning istalgan vaqtida xizmat ko‘rsatadi. Mobil ilovalar orqali ham onlayn valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarish mumkin.
Banklarning aniq ish vaqti filialga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli foydalanuvchilarga o‘zlariga yaqin bo‘lgan bank bo‘limi bilan bevosita bog‘lanib, ish tartibini oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank huzurida 50 mln dollarlik venchur fondi va «Ochiq banking» tizimi joriy etilishi haqida yozgandi.