Eng qulay va kuchli 5 ta smartfon

1-dekabr 2025 11:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: You Tube

Smartfon bozori kundan kunga yangi modellar bilan to‘lmoqda. Ushbu maqolada eng qulay va kuchli 5 ta smartfon va ularning texnik imkoniyatlari haqida so‘z boradi.

Mundarija:

OnePlus 13S

Samsung Galaxy S25

Xiaomi 15

Google Pixel 10

iPhone 17

OnePlus 13S

OnePlus 13S ixcham korpusni yuqori samaradorlik bilan uyg‘unlashtirgan flagman sifatida ajralib turadi. Smartfon 6,32 dyuymli 1.5K aniqlikka ega 120 Hz LTPO AMOLED displey bilan jihozlangan. Rang uzatishda 1 mlrd rangni qo‘llab-quvvatlaydi, Dolby Vision va HDR Vivid texnologiyalariga ega.

Foto: Mediapark

Qurilmada Snapdragon 8 Elite chipseti bo‘lib, u eng talabchan o‘yinlar va ko‘p vazifali ishlashda ham yuqori barqarorlikni ta’minlaydi. Kamera qismi 32 Mp old kamera hamda 50 + 50 Mp orqa modul juftligidan iborat bo‘lib, asosiy sensorda optik stabilizatsiya va 2x optik zum mavjud. 5 850 mA·soatlik akkumulyator 80 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada NFC, IK-port, stereo karnaylar hamda IP65 himoya darajasi mavjud.

Samsung Galaxy S25

Samsung Galaxy S25 ergonomika bo‘yicha eng muvaffaqiyatli flagmanlardan biri hisoblanadi. Og‘irligi atigi 162 gramm, qalinligi 7,2 mm bo‘lgan qurilma qo‘lda juda qulay seziladi. 6,2 dyuymli LTPO AMOLED 2X displey 120 Hz yangilanish tezligiga, HDR10+ ga va 2 600 nit yorqinlikka ega.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Maxsus moslashtirilgan Snapdragon 8 Elite protsessori yuqori unum berar ekan, kameralar to‘plami 50 + 50 + 12 Mp datchiklardan iborat bo‘lib, ikkita modul optik barqarorlashtirish va 3x optik zumni taklif etadi. 4 000 mA/soatlik batareya ixcham hajm uchun yetarli avtonomlikni ta’minlaydi. Model simsiz quvvatlashni, IP68 suvdan himoyani, NFC va AKG stereo ovoz tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi 15

Xiaomi 15 kuchli texnik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi nisbatan kam baholangan flagman hisoblanadi. 6,36 dyuymli 1.5K LTPO AMOLED displey 120 Hz yangilanish tezligi, HDR10+ va Dolby Vision imkoniyatlariga ega bo‘lib, yorqinlik darajasi 3 200 nitgacha yetadi. Qurilmada ham Snapdragon 8 Elite chipseti ishlatilgan.

Foto: Hi-tech-mail

Kamera bloki uchta 50 Mp moduldan tashkil topgan bo‘lib, ularda optik stabilizatsiya, 2,6x optik zum va 115 darajalik keng burchak funksiya mavjud. Selfi kamera 32 Mp. 5 240 mA·soatli silikon-karbon batareya 90 Vt tez quvvatlashni va simsiz zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, IP68 himoya standarti, stereo karnaylar va NFC ham mavjud.

Google Pixel 10

Google Pixel 10 asosan kamera imkoniyatlari bilan mashhur bo‘ldi. Qurilmada 6,3 dyuymli FHD+ OLED displey, 120 Hz yangilanish tezligi va 3 000 nit yorqinlik mavjud. Google Tensor G5 protsessori sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish algoritmlarida yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Foto imkoniyatlari 48 + 10,8 + 13 Mp uch kamerali tizim va 5x optik zumli telefoto bilan kuchaytirilgan. 10,5 Mp old kamera selfi uchun mo‘ljallangan. 4 970 mA·soat akkumulyator kundalik foydalanish uchun yetarli bo‘lib, IP68 himoya, NFC, simsiz quvvatlash va 7 yillik Android yangilanish kafolati bilan birga keladi.

iPhone 17

iPhone 17 Apple kompaniyasining eng muvozanatli ixcham flagmani bo‘ldi. 6,3 dyuymli LTPO Super Retina XDR OLED displey 120 Hz yangilanish tezligi, Dolby Vision va HDR10 standartlariga ega. Ekran yorqinligi 3 000 nitgacha yetadi. Yangi A19 protsessori kuchli optimizatsiya bilan o‘yinda ham, kundalik ishlarda ham yuqori samaradorlikni namoyish etadi.

Foto: MacRumors

Kamera tizimi 48 + 48 Mp juft sensorlardan iborat bo‘lib, optik stabilizatsiya va 120 darajalik keng burchak imkoniyatiga ega. Old kamera 18 Mp bo‘lib, SL 3D datchik bilan jihozlangan. 3 692 mA/ soat batareya qurilmani bir ish kuni davomida bemalol ishlatishga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan uzoq vaqt xizmat qiladigan akkumulyatorli smartfonni qanday tanlash mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek