Gadjetlar

Huawei Mate 80 Pro Max displeyi Galaxy S25 Ultra’dan yorqinroq chiqdi

Huawei’ning yangi flagmani 6,9 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan
Foto: Reddit

Huawei Mate 80 Pro Max va Samsung Galaxy S25 Ultra ekranlarini solishtirildi. Unga ko‘ra, Huawei Mate 80 Pro Max displeyi Galaxy S25 Ultra’dan yorqinroq chiqdi.

Huawei’ning yangi flagmani 6,9 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ekran 2848×1320 piksel aniqlikka ega va 120 Hz yangilanish tezligida ishlaydi. Sensor qatlamining tezkor javob berish chastotasi 300 Hz, PWM (yorqinlikni past darajada silliq boshqarish) ko‘rsatkichi esa 1440 Hz deb baholanmoqda. Ishlab chiqaruvchi maksimal yorqinlik darajasini 8000 kandelgacha yetishini ma’lum qilgan.

Foto: Ice Universe

Mate 80 Pro Max mustahkam metall korpus bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, vizual kontent bilan ishlash hamda yorug‘ muhitda foydalanish bo‘yicha bozor yetakchilaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng qulay va kuchli 5 ta smartfon haqida yozgan edi.