Iste’molchilar murojaatlari uchun yangi elektron tizim ishga tushirildi

eʼlon qilindi
«Iste’molchi murojaati» nomli yangi elektron tizim yaratildi
Onlayn marketpleyslar
Iste’molchilar murojaatlari uchun yangi elektron tizim ishga tushirildi / Foto: mdik3514 / www.depositphotos.com

Prezident farmoniga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Iste’molchi murojaati» nomli yangi elektron tizim yaratildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur tizim 1-dekabrdan ishga tushdi. Endi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarni onlayn tarzda yuborishi, ularning ko‘rib chiqilish jarayonini real vaqt rejimida kuzatishi va yakuniy natija bilan tanishishi mumkin.

Video: Raqobat qo‘mitasi

Murojaatlarni Fair tech yagona axborot tizimi orqali, shuningdek, Play Market va App Store’da joylashgan ilovalar orqali yuborish mumkin.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi Xorazmda tibbiyot birlashmalari pullik xizmatlar ko‘rsatishda fuqarolardan 230 mln so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ undirganini aniqlagandi. Umumiy hisobda 160 mingga yaqin iste’molchilardan 230 million so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu qonunbuzilishlar bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atildi va tibbiyot birlashmalariga undirilgan ortiqcha mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi

Shuningdek