Janubi-sharqiy Osiyoda suv toshqini qurbonlari soni 900 nafardan oshdi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p qurbonlar Indoneziyada — 442 nafar
Janubi-sharqiy Osiyodagi suv toshqini qurbonlari soni 900 dan oshdi / Foto: Earth

Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasidagi kuchli musson yomg‘irlari va suv toshqini oqibatida 900 dan ortiq odam halok bo‘ldi, minglab odamlar yordamsiz qolmoqda. Bu haqda Earth nashri ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Shri-Lankada Ditvah sikloni oqibatida o‘limlar soni 334 nafarga yetdi, ko‘plab insonlar hanuzgacha topilmagan. Siklon 28-noyabr tongida mamlakat sharqiy sohiliga yetib keldi, rekord darajadagi yomg‘ir yog‘dirdi va bir nechta yer silkinishlarini yuzaga keltirdi. Poytaxt Kolombo shahri ayrim hududlari hanuz suvostida bo‘lib, o‘nlab odamlar uylarida qamalib qolgan. Taxminan 200 ming kishi 1275 ta boshpana maskanlariga joylashtirilgan.

Foto: Reuters

Indoneziyadagi og‘ir yomg‘irlar arxipelagning ayrim hududlarini suvostida qoldirdi, ko‘chkilar va suv toshqinlari yuzaga keldi. Rasmiylar 442 kishi halok bo‘lganini, 402 kishi esa izsiz yo‘qolganini ma’lum qildi. 29-noyabr kuni deyarli 300 ming kishi evakuatsiya qilingan. Biroq minglab odamlar Sumatra orolida yordam va zarur ta’minotsiz qolib ketmoqda.

Foto: Reuters

Janubiy Tailandda kamida 162 kishi musson yomg‘irlari natijasida halok bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departament tabiiy ofatdan aziyat chekkan fuqarolarga 9 ming bat (taxminan $280) miqdorida yordam berilishini e’lon qildi.

Foto: Reuters

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridan yana biri Vyetnamda ikki hafta oldin sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida 90 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda kuchli suv toshqini oqibatida 950 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek