Javohir Sindorov FIDE reytingida 3 pog‘ona ko‘tarildi

1-dekabr 2025 17:59 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: FIDE

Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) noyabr oyi yakuni bo‘yicha e’lon qilgan yangilangan reytingda Javohir Sindorov 3 pog‘ona yuqoriladi.

Reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 5 pog‘ona pastladi. Ayni paytda u 2732 ochko bilan 17-o‘rinda turibdi. Javohir Sindorov esa 3 pog‘ona yuqoriladi va 22-o‘rindan joy oldi.

Foto: FIDE

Magnus Karlsen 2840 ochko bilan reytingda yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa, kuchli uchlikni amerikaliklar Hikaru Nakamura (2810) va Fabiano Karuana (2795) yakunladi. Ushbu uchlikning o‘rinlarida o‘tgan oyga nisbatan hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi.

Kuchli 100 talik ro‘yxatdan O‘zbekistondan jami 5 nafar grossmeyster joy oldi. Nodirbek Abdusattorov hisobidagi ochkolar 18 taga kamaytirgan. Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogidagi g‘alabasi reytingda ko‘tarilishga sabab bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek