Kasbiy ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlandi

eʼlon qilindi
6 ta yo‘nalish bo‘yicha 163 ta indikator belgilandi
imtihon
Kasbiy ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlandi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish mezonlari tasdiqlanib, amaliy qo‘llanilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Adliya vazirligi «Kasbiy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash» haqidagi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Hujjatga muvofiq, 6 ta yo‘nalishga muvofiq 31 mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda foydalaniladigan 163 ta indikator belgilandi.

Ushbu indikatorlarning 8 tasi (4,9 %) majburiy bo‘lib, mas’ul tarkibiy tuzilmani tashkil etish rejasi, talabalar kontingentiga mos o‘quv xonalari bilan ta’minlanganlik kabi mezonlarni qamrab oladi. Qolgan 155 tasi (95,1 %) umumiy indikatorlar bo‘lib, fan mazmuniga mos adabiyotlardan foydalanish, talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, sport zal va maydonchalarning mavjudligi kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi. Har bir indikator «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

Baholash natijalari quyidagicha aniqlanadi:

  • 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb topilsa — mezon «muvofiq emas» deb baholanadi;
  • 50–60 % indikatorlar «muvofiq» deb topilsa — mezon «qisman muvaffiq» hisoblanadi;
  • 60 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb topilsa — mezon «muvofiq» deb belgilanadi.

Shuningdek, agar majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat’iy nazar, mezon «muvofiq emas» deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «El-yurt umidi» jamg‘armasi hisobidan maqsadli stajirovka tartibi tasdiqlangan edi.

Shuningdek