Markaziy bank ikkita to‘lov tashkiloti faoliyatini olti oyga chekladi

eʼlon qilindi
1 ta bank va 1 ta to‘lov tashkilotini ogohlantirdi
Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank Tezpay va National Pay to‘lov tashkilotlarida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli ularning faoliyatiga olti oylik cheklov joriy qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 1 ta bank va 1 ta to‘lov tashkiloti prudensial normativlar buzilgani, faoliyatning qonunchilikka mos ravishda muvofiqlashtirilmagani hamda inspeksiya jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun rasman ogohlantirildi. Tashkilotlar agar belgilangan tartibni to‘liq tiklamasa, ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.

Shu bilan birga, jinoiy daromadlarni legallashtirish (AML), terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi qoidalar buzilgani aniqlangan 3 ta bank, 5 ta mikromoliya tashkiloti va 2 ta to‘lov tashkilotiga jarima sanksiyalari belgilandi.

Bundan tashqari, «Tezpay» va «National Pay» AJda aniqlangan qoidabuzarliklar sababli to‘lov xizmatlarining bir qator turlari bo‘yicha faoliyat 2025-yil 13-noyabrdan boshlab olti oy muddatga cheklab qo‘yildi. Cheklovlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • elektron to‘lovlarga ishlov berish;
  • to‘lovni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlarni bankka uzatish;
  • pul mablag‘larini qabul qilish;
  • pul o‘tkazmalari tizimlari orqali mablag‘larni qabul qilish va o‘tkazish.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank huzurida 50 mln dollarlik venchur fondi va «Ochiq banking» tizimi joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek