Gadjetlar

Motorola Edge 70 Ultra yangi flagman sifatida taqdim etiladi

U Qualcomm’ning eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen 5 protsessori asosida ishlaydi
Foto: Gizmochina

Motorola yangi Motorola Edge 70 Ultra smartfoni ustida ishlamoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

U Qualcomm’ning eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen 5 protsessori asosida ishlaydi. Edge 70 Ultra kompaniyaning bir necha yildan beri chiqarilmagan klassik «Ultra» liniyasini qayta tiklaydi. Mazkur buklanuvchi qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega bo‘lishi mumkin.

Snapdragon 8 Gen 5 3 nanometrli texnologiya asosida yaratilgan. Chipda 3,8 Hz chastotaga ega 2 ta va 3,32 Hz tezlikda ishlovchi 6 ta Oryon yadrosi mavjud. Qualcomm ma’lum qilishicha, u kundalik vazifalar, ko‘p oynali ishlash va yuqori yuklama jarayonlarida Snapdragon 8 Gen 3 ga nisbatan yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

Foto: Phone Arena

Aloqa imkoniyatlari qatoriga 5G mmWave va sub-6 Hz tarmoqlari, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, UWB hamda NavIC tizimi kiradi. Kamera funksiyalarida uchta 20 bitli signal uzatish liniyasi, katta hajmdagi fotosuratlar, yuqori kadr tezligida 4K video yozish, 8K video tomosha qilish va zamonaviy HDR standartlari qo‘llab-quvvatlanadi.

Edge 70 Ultra 16 GB operativ xotira bilan, Android 16 operatsion tizimida ishlaydi. Smartfon 1,5K aniqlikka ega OLED displey bilan jihozlanadi. Orqa kamera blokida periskop telefoto ob’ektivi bo‘lishi kutilmoqda. Benchmark testlarda qurilma bir yadroli sinovda 2 636 ball, ko‘p yadroli testda esa 7 475 ball to‘plagan. Bu ko‘rsatkichlar Snapdragon 8 Gen 5 darajasiga mos keladi.

Motorola Edge 70 Ultra avval Xitoyda Moto X70 Ultra nomi bilan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Global bozordagi taqdimoti 2026-yil boshlariga rejalashtirilgan. Narxi esa $800–900 oralig‘ida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 270 dollarlik Moto X70 Air smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.