Yangiliklar

Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi, O‘zbekistonda amaldagi BHM va nafaqalar miqdori qancha — 1-dekabrda sodir bo‘lgan muhim hodisalar

Farg‘onada salkam 13 ming dollarlik «Regapen» dori vositasi savdosiga chek qo‘yildi
Ташкент
Foto: Jaloliddin Ismailov / Unsplash

Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi, O‘zbekistonda amaldagi BHM va nafaqalar miqdori qancha — 1-dekabrda sodir bo‘lgan muhim hodisalar «Kursiv» dayjestida.

Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Foto: ochiq manba

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida mahallalardan birida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi o‘z mavqeyidan foydalanib, fuqarodan pora talab qilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro murojaatiga ko‘ra, hokim yordamchisi uni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U bu «xizmat» evaziga $2 ming talab qilgan.

O‘zbekistonda amaldagi BHM va nafaqalar miqdori qancha

2026-yilda davlat budjeti qaysi sohalarga ko‘proq yo‘naltiriladi
Foto: depositphotos

O‘zbekiston hududida hozirda bir qator ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning eng kam miqdorlari belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Andijon shahri Turkiy dunyoning 2026-yilgi madaniyat poytaxti bo‘ldi

Andijon shahri Turkiy dunyoning 2026-yilgi madaniyat poytaxti bo‘ldi
Foto: «Dunyo» AA

Andijon shahri 2026-yil uchun Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti sifatida rasman e’lon qilindi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Aqtau shahrida TURKSOY doimiy kengashining 42-yig‘ilishi va «Aqtau – 2025-yil turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» loyihasining yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Qozog‘iston madaniyat vaziri Aida Balayeva, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Oqtov va Andijon shahar hokimlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Pavel Durov Cocoon tarmog‘ini ishga tushirdi

Pavel Durov Cocoon tarmog‘ini ishga tushirdi
Foto: TWS

Telegram asoschisi Pavel Durov The Open Network (TON) asosida yaratilgan markazlashmagan Cocoon maxfiy hisoblashlar tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, platforma foydalanuvchilarning sun’iy intellektga bo‘lgan birinchi so‘rovlarini 100% maxfiylik bilan qayta ishlaydi. Shuningdek, Telegramning avtomatik tarjima kabi ba’zi funksiyalari allaqachon Cocoon orqali ishlamoqda. Loyiha hujjatlari va dastur kodi cocoon.org saytida ochiq e’lon qilindi.

Toshkent tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi

Toshkent tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
Foto: Ekologiya qo’mitasi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida issiqxonalar faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha tungi reyd davomida 4 ta issiqxonaga chora ko‘rildi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, tekshiruv davomida 2 ta issiqxonaning butunlay filtrsiz ishlayotgani, yana bir nechta xo‘jaliklarda esa nosoz filtrlardan foydalanilayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda 4 ta issiqxonada filtrlarning nosozligi qayd etildi.

Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga ikki milliard so‘m beriladi

Prezident «Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Qaror har yili eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar reytingini tuzish va ularni taqdirlashni nazarda tutadi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab «Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi. G‘oliblarni aniqlash mezonlari bir necha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Ulardan biri har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes subyektlari soni va ushbu subyektlar tomonidan to‘langan soliq miqdoridir.

Madridda hukumatga qarshi yirik namoyish o‘tkazildi

Foto: euronews.com

Ispaniya poytaxti Madridda sobiq vazir Xose Luis Abalosning hibsga olinishi va korrupsiya mojarolari ortidan hukumatga qarshi ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Namoyish tashkilotchisi bo‘lgan Xalq partiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Debod ibodatxonasi atrofida 80 mingdan ortiq odamlar yig‘ilgan. Norozilik aksiyasi sobiq sotsialist vazir Xose Luis Abalos va uning sobiq maslahatchisi Koldo Garsiyaning pandemiya davrida niqob sotib olishdagi korrupsiya sxemasiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olinishi ortidan tashkil etildi.

Farg‘onada salkam 13 ming dollarlik «Regapen» dori vositasi savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘onada sal kam 13 ming dollarlik "Regapen" dori vositasi savdosiga chek qo‘yildi
Foto: DXX

Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan tezkor tadbirlar natijasida bir necha shaxslar ushlandi va noqonuniy dori hamda giyohvandlik vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Birinchi holatda, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning «Matiz» rusumli avtomobili tekshirildi. Natijada avtomashina salonida 866 gramm «gashish» moddasi aniqlanib, dalil sifatida olib qo‘yildi. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida sotishni rejalashtirgan.

Markaziy bank ikkita to‘lov tashkiloti faoliyatini olti oyga chekladi

Markaziy bank Tezpay va National Pay to‘lov tashkilotlarida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli ularning faoliyatiga olti oylik cheklov joriy qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 1 ta bank va 1 ta to‘lov tashkiloti prudensial normativlar buzilgani, faoliyatning qonunchilikka mos ravishda muvofiqlashtirilmagani hamda inspeksiya jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun rasman ogohlantirildi. Tashkilotlar agar belgilangan tartibni to‘liq tiklamasa, ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.

2026-yilda davlat budjeti qaysi sohalarga ko‘proq yo‘naltiriladi

2026-yilda davlat budjeti xarajatlari joriy yilda kutilayotgan ijroga nisbatan 3,5 foiz ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan budjetnomada ma’lum qilindi.

Joriy yil oxirigacha budjet xarajatlari tasdiqlangan parametrga nisbatan 12,8 foizga oshib, 388,9 trln so‘mni tashkil etishi, 2026-yilda esa bu ko‘rsatkich 402,4 trln soʻm bo‘lishi prognoz qilingan.