
Misrning Qohira shahrida o‘tayotgan karate bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston vakili Gulshan Alimardonova (-50 kg) oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu g‘alaba orqali Gulshan Alimardonova o‘zbekistonlik ayol karatechilar orasida ilk bor jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Final bahsida hamyurtimiz Malayziya vakiliga qarshi bahslashdi va ishonchli g‘alabaga erishdi.
Bungacha O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini faqat erkaklar o‘rtasida Dostonbek Otabolayev qo‘lga kiritgan edi. Gulshan Alimardonovaning ushbu muvaffaqiyati o‘zbek karatesining xalqaro maydondagi yana bir yirik yutug‘i bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistondagi bog‘chalarda karate o‘rgatilishi haqida xabar bergan edi.