Yangiliklar

O‘zbekistonda 5-dekabrgacha sovuq va tumanli ob-havo kutilmoqda

Sovuq antisiklon ta’siri tufayli
Foto: Yandex Maps

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan sovuq antisiklon ta’siri yanada kuchayib bormoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu jarayon 5-dekabrga qadar saqlanib turishi prognoz qilingan.

29-noyabrdan boshlab antisiklon yanada faollashib, atmosfera bosimini oshirmoqda. Natijada kechalari havo ancha sovuq, kunduzi esa nisbatan iliq, ammo baribir salqin ob-havo kuzatilmoqda.

Shuningdek, bunday ob-havo sharoitlari ertalabki tumanlar ehtimolini oshiradi. Antisiklonlar bilan bog‘liq uzoq muddatli inversiya esa havodagi chang, tutun va boshqa mayda zarrachalar miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Shu bois, zarrachalar yuqoriga ko‘tarilmasdan, past qatlamlarda to‘planib qoladi. Bu esa yirik shaharlarda tumanli kunlar sonining ko‘payishi va havo sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan payshanba va juma kunlari yomg‘ir yog‘ishi haqida yozgandi.