
4 – 6-dekabr oralig‘ida respublikaning bir qator hududlarida yog‘ingarchilik (qor) bo‘lishi kutilmoqda. «O‘zgidromet» 3 – 6-dekabr kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud (3 – 6 dekabr) | Harorat kechasi | Harorat kunduzi | Havo holati |
|---|---|---|---|
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | -2…7° sovuq | +3…+10° | O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | -3…+5° | +6…+15° | O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q |
| Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari | -3…+5° | +6…+15° | O‘zgaruvchan, 4-5-dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir, ba’zi joylarga tuman |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 0…5° | +8…+18° | O‘zgaruvchan, 4–5-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | –3…+5° | +6…+13° | O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q, ba’zi joylarda tuman |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | –3…+6° | 0…+10° | 4–6 dekabrda yomg‘ir/qor |
Avvalroq Toshkent tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalarga chora ko‘rilgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, tekshiruv davomida 2 ta issiqxonaning butunlay filtrsiz ishlayotgani, yana bir nechta xo‘jaliklarda esa nosoz filtrlardan foydalanilayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda 4 ta issiqxonada filtrlarning nosozligi qayd etildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha obyekt egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ularga filtr o‘rnatish majburiy ekani, filtrsiz faoliyat yuritish noqonuniy hisoblanishi hamda bu atmosferaga jiddiy zarar yetkazishi haqida ogohlantirish berildi.