Pavel Durov Cocoon tarmog‘ini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Keyingi haftalarda Cocoon tarmog‘iga ko‘proq GPU takliflari ulanadi
Pavel Durov Cocoon tarmog‘ini ishga tushirdi / Foto: TWS

Telegram asoschisi Pavel Durov The Open Network (TON) asosida yaratilgan markazlashmagan Cocoon maxfiy hisoblashlar tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, platforma foydalanuvchilarning sun’iy intellektga bo‘lgan birinchi so‘rovlarini 100% maxfiylik bilan qayta ishlaydi. Shuningdek, Telegramning avtomatik tarjima kabi ba’zi funksiyalari allaqachon Cocoon orqali ishlamoqda. Loyiha hujjatlari va dastur kodi cocoon.org saytida ochiq e’lon qilindi.

Foto: Cocoon

Ushbu tarmoq markazlashgan bulutli provayderlarga, masalan, Amazon va Microsoftga muqobil sifatida ishlab chiqilgan. Cocoon taqsimlangan arxitektura hisobiga foydalanuvchi ma’lumotlarini yirik bulutlarga yubormasdan sun’iy intellekt vazifalarini bajarishga imkon beradi va maxfiylik darajasini oshiradi.

Foydalanuvchilar Nvidia H100 va undan yuqori grafik protsessorlarini tarmoqqa ulab, hisoblash quvvatlarini taqdim etish evaziga TON tokenlarini real vaqt rejimida ishlashlari mumkin. Dasturchilar esa GPU resurslariga an’anaviy bulut xizmatlariga nisbatan arzon narxda kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Uning ta’kidlashicha, keyingi haftalarda Cocoon tarmog‘iga ko‘proq GPU takliflari ulanishi va dasturchilar talabining oshirilishi rejalashtirilgan. Telegram foydalanuvchilariga 100% maxfiylik asosida ishlaydigan sun’iy intellekt bilan bog‘liq yangi funksiyalar ham taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durov Ostonada sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek