Rossiyada Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi

1-dekabr 2025 17:37 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: uatv.ua

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishini ta’minlovchi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, Yengillashtirilgan tartib sayyohlar, mehmonlar, turli tadbirlarda qatnashish yoki tranzit maqsadda kelganlar uchun amal qiladi. Biroq ishlash, o‘qish, doimiy yashash yoki xalqaro yuk tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Pekin 15-sentabrdan boshlab rossiyaliklar uchun tajriba tariqasida vizasiz rejim joriy qilgan edi. Rossiya tomoni ham Xitoy belgilagan muddatni, ya’ni 2026-yil 14-sentabrni asos qilib olgan. Rossiyaliklar ham Xitoyda 30 kun davomida vizasiz yurish huquqiga ega.

Avvlroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada chet ellik ishchilar uchun tibbiy sug‘urta olish tartibi qiyinlashishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek