«Qayrat» klubining sobiq bosh murabbiyi Kirill Keker vafot etdi

1-dekabr 2025 12:47 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: fckairat.com

Qozog‘istonning «Qayrat» futbol klubi sobiq bosh murabbiyi hamda akademiya rahbari Kirill Keker 46 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

«Qayrat» klubi rahbariyati Kekerning vafotini butun jamoa uchun o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas va ulkan yo‘qotish deb atadi. Marhum mutaxassis o‘n yildan ziyod vaqt davomida klub tizimining eng muhim qismlaridan biri bo‘lib kelgan.

«Biz futbolimiz rivojlanish yo‘nalishini belgilab bergan insonlardan birining vafotidan chuqur qayg‘udamiz», – deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda futbolchi o‘yin payti vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek