Sport

Timur Kapadze «Navbahor» bosh murabbiyiga aylandi

Foto: FC Navbahor

Namanganning «Navbahor» klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasning sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadzeni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib rasman tanishtirdi.

Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan kelgusidagi maqsadlar yuzasidan barcha masalalarni muhokama qilib, o‘zaro shartnoma imzoladi. Timur Kapadze murabbiylik faoliyati davomida yoshlar jamoalaridan tortib milliy terma jamoagacha bo‘lgan turli darajadagi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan.

«Navbahor» rahbariyati Kapadzening boy tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirmoqda. Klub yangi bosh murabbiy faoliyatiga ulkan omad tiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Timur Kapadze Indoneziya termasini boshqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.