
Realme kompaniyasi yangi budjet Realme C85 5G modelini rasman namoyish qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Smartfon 6,8 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan. Ekran HD+ aniqlik, 144 Hz yangilanish tezligi va 1 200 nit yorqinlik darajasini ta’minlaydi. Qurilmaning yuragi sifatida MediaTek Dimensity 6300 protsessori xizmat qiladi. Sovitish uchun 5 300 mm² maydonga ega bug‘latish kamerasi o‘rnatilgan.
Old kamera 8 MP, asosiy kamera esa Sony IMX852 50 MP sensor va f/1.8 diafragma bilan taqdim etilgan. Smartfon 7 000 mA·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, 45 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 6,5 Vt quvvatda qayta zaryadlash (reverse charging) funksiyasi ham mavjud.

Modelning asosiy ustunlaridan biri uning mustahkamligi hisoblanadi. Qurilma IP69 darajasida suv va changdan himoyalangan, shuningdek, MIL-STD-810H harbiy standarti talablariga mos keladi. Karnayda yig‘ilgan namlikni chiqarish uchun tovush vibratsiyasi orqali quritish funksiyasi ham qo‘shilgan.
Aloqa imkoniyatlari orasida Bluetooth 5.3, NFC, GPS hamda signal yomon hududlarda tarmoqni yaxshilovchi AI Netpilot texnologiyasi mavjud.
Smartfon ikki versiyada sotuvga chiqarildi: 4/128 GB va 6/128 GB xotirali variantlar. Ilk xaridorlar uchun narxlar mos ravishda $165 va $185 etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 16 Pro+ smartfoni qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.