Toshkent havosi yana yomonlashdi

eʼlon qilindi
Yillik me’yoridan 20,6 baravar yuqori
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash uchun komissiya tuzildi
Foto: skyscrapercity

2-dekabr kuni Toshkentdagi havo sifati keskin yomonlashdi. IQAir xalqaro monitoring platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda havodagi zararli moddalar miqdori me’yordan 20,6 baravar yuqori darajani qayd etdi.

Soat 11:00 dagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, havo sifati indeksi (AQI) 184 birlikni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich havoni «zararli» toifasiga kiritadi. PM2.5 zarrachalarining konsentratsiyasi esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan yillik me’yoridan 20,6 baravar yuqori bo‘lgani aniqlandi.

Shu bilan birga, reytingda poytaxt havosi ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning eng iflos 10 shahri ro‘yxatida 9-o‘rinda turibdi.

Ma’lumot uchun, 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi atmosfera havosining sifati avvalgi kunlarga nisbatan biroz yaxshilangani ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda payshanba va juma kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda va 5-dekabrgacha sovuq va tumanli ob-havo kuzatiladi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha toʻxtatib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Farmon asosida poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus komissiya ishga tushdi.

Shuningdek