2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartiriladi

eʼlon qilindi
Eskirgan elektr tarmoqlari va transformatorlar xatlovdan o‘tkaziladi
2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartiriladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda ekologik barqarorlik, chiqindilarni qayta ishlash va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilar poytaxt va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha komissiyaning hisoboti tinglandi. Havo ifloslanish manbalari aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Oxirgi kunlarda sovuq antisiklon ta’siri tufayli havodagi zarrachalar pastki qatlamlarda to‘planmoqda va havoning tabiiy tozalanish sur’ati sekinlashmoqda.

Maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 933 million dollarlik loyihalar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida boshlangan. 2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.

Shu vaqtgacha 47 ta poligon rekultivatsiya qilinib, 243 gektar yer tabiatga qaytarildi. Prezident qolgan poligonlarda «yashil belbog‘» yaratish va daraxt ekish ishlarini yakunlashni topshirdi. 2026-yildan bu ishlarga respublika budjetidan har yili kamida 150 milliard so‘m ajratiladi.

Oxirgi ikki yilda sanoat va xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 4,5 foizga yetkazildi. Yig‘ilishda xavfli chiqindilarni nazorat qilish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni boshlash, yagona axborot-monitoring platformasini ishga tushirish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalarga chora ko‘rilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek