
3-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 880,93 so‘m (-14,64 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
26-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 936,89 so‘mga (-51,43 so‘m), 27-noyabr kuni 11 881,60 so‘mga (-55,29 so‘m), 28-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 902,30 so‘mga (+20,7 so‘m) tenglashgan. 1-dekabr kuni dollar 11 940,95 so‘m (+38,65 so‘m), 2-dekabr kuni esa 11 895,57 so‘m (-45,38 so‘m) etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 31,27 so‘mga tushib, 13 794,95 so‘mni, rubl esa 0,3 so‘mga oshib, 153,28 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanchaga pastlagani haqida yozgan edi.