Yangiliklar

Aqtau shahridagi Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni chegaradan o‘tish bo‘yicha ogohlantirdi

So‘nggi kunlarda ayrim o‘zbekistonliklar tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari kuzatilgan
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilindi
Aqtau shahridagi Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni chegaradan o‘tish bo‘yicha ogohlantirdi / Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligi O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya yo‘nalishida harakatlanayotgan barcha fuqarolardan davlat chegarasidan o‘tish tartibiga qat’iy amal qilishni so‘radi.

Xabarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ayrim o‘zbekistonliklar tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari qayd etilgan. Qozog‘iston vakolatli idoralariga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘lga olinib, Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

Konsulxona joriy yil sentabr oyidan boshlab Qozog‘istonda chegara buzganlik uchun jazo kuchaytirilgani va uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish jazosiga ham olib kelishi mumkinligini eslatdi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni soxta hujjatlar bo‘yicha ogohlantirgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Telegramdagi ayrim guruh va kanallarda soxta hujjatlar tayyorlab berish xizmatlari haqida e’lonlar keng tarqalyapti. Shu kabi jinoiy faoliyatlar oqibatida ayrim fuqarolar qalbaki hujjatlardan foydalanib, muammolarga duch kelgan. Bulardan biri sifatida o‘zbekistonlik fuqaro «Vatanga qaytish guvohnomasi»ni rasmiylashtirgan, ammo O‘zbekistonga qaytish jarayonida hujjat qalbaki ekani fosh bo‘lgan. Shuningdek, yana bitta holatda qalbaki nikoh asosida «tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma» olingani ma’lum bo‘ldi.