Yangiliklar

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha

1-dekabr holatiga ko‘ra
O‘zbekiston banklarida mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha. Foto: ijtimoiy tarmoq

1-dekabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,4 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Anorbank» – 40,7%;
  • «Tenge bank» – 39,8%;
  • «TBC bank» – 39,4%;
  • «Ipoteka bank» – 38%;
  • «Apex bank» – 36,3%.

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 22,7%;
  • «Trast bank» – 23,8%;
  • «Infinbank» – 25%;
  • «Milliy bank» – 25,5%
  • «BRB» – 25,7%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi ham 23,6 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Infinbank» – 18,2%;
  • «Ipoteka bank» – 20%;
  • «Garant bank» – 20,1%;
  • «Hamkorbank» – 20,2%;
  • «Davr bank» – 20,9%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Trast bank» – 26,6%;
  • «SQB» – 26,4%;
  • «Mikrokreditbank» – 26%;
  • «Asakabank» – 25,3%;
  • «Aloqabank» – 25,2%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 17-noyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi.