G‘afur Rahimov WBC EuroAsia prezidentiga aylandi

2-dekabr 2025 16:41 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘zbekiston professional boks federatsiyasi

Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan Boks bo‘yicha Jahon kengashida G‘afur Rahimov WBC EuroAsia prezidenti etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.

WBC’ning 63-konvensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan direktorlar kengashi yig‘ilishida CISBB (MDH, Slavyan va Boltiqbo‘yi mamlakatlari boks byurosi) tashkiloti rasman WBC EuroAsia deb o‘zgartirildi. Kengashning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan o‘zbekistonlik G‘afur Rahimov WBC EuroAsia prezidentiga aylandi.

Foto: O‘zbekiston professional boks federatsiyasi

WBC prezidenti Maurisio Suleyman G‘afur Rahimovni tabriklab, uni «O‘zbekistonda zamonaviy boksning otasi» deb atadi. Suleyman Rahimov sportni rivojlantirish yo‘lida ulkan ish olib borganini va u 2023-yilda WBC Oliy kengashiga a’zo bo‘lganidan so‘ng xalqaro hamkorlikka beqiyos hissa qo‘shganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan boks bo‘yicha Jahon chempionati uchun rekord darajadagi sovrin jamg‘armasi ajratilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek