
Xiaomi kompaniyasining mashhur Redmi Note 15 seriyasi global bozor uchun yangilanmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Redmi Note 15 oilasi Xitoyda avgust oyida taqdim etilgan bo‘lib, endi uning xalqaro versiyalari tez orada sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. So‘nggi sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, global bozor uchun Redmi Note 15 Pro+, Redmi Note 15 Pro va Redmi Note 15 modellari tayyorlangan. Ushbu smartfonlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari, narxlari va rasmiy dizaynlari internetda paydo bo‘ldi.
Redmi Note 15 Pro+
Seriyaning eng yuqori versiya 6,83 dyumli OLED displey bilan jihozlanadi. Ekran 1280×2772 piksel (1.5K) aniqlikka ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Snapdragon 7s Gen 4 protsessori asosida ishlaydi. Xotira varianti 8 GB tezkor xotira va 256 GB yoki 512 GB doimiy xotira bilan taklif qilinadi.
Asosiy kamera 200 MP, ultra keng modul 8 MP, makro kamera esa 2 MP. Old kamera 32 MP. Batareya sig‘imi 6 500 mA/soat bo‘lib, 100 Vt sim orqali tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma o‘lchamlari 163,34 × 78,31 × 7,91 mm, vazni 207 g. Yevropa bozorida narxi 499 yevro etib belgilanadi. Ranglar: Glacier Blue, Mocha Brown va qora.



Redmi Note 15 Pro
Bu model Pro+ versiyadan biroz soddaroq. Displey, xotira variantlari va orqa kameralar Pro+ bilan bir xil. Biroq, protsessor bu yerda MediaTek Dimensity 7400. Old kamera 20 MP ga almashtirilgan. Batareya sig‘imi 6 580 mA/soat, biroq zaryadlash quvvati 45 Vt bilan cheklangan.
Korpus o‘lchamlari 163,61 × 78,09 × 7,78 mm, vazni 210 g. Modelning narxi 399 yevro etib belgilangan.
Redmi Note 15
Asosiy model esa 6,83 dyumli FHD+ AMOLED ekran (120 Hz) bilan keladi. Protsessor sifatida Snapdragon 6 Gen 3 ishlatilgan. Xotira — 8 GB RAM va 256 GB doimiy xotira.
Kamera blokiga 108 MP asosiy sensor, 8 MP ultra keng kamera hamda 20 MP old kamera kiradi. Batareya 5 520 mA/soat bo‘lib, 45 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon o‘lchamlari 164 × 75,42 × 7,35 mm, vazni 178 g. Yevropa bozorida narxi 299 yevro bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Ultra haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.