Kinotavsiya: «Troll 2» nima haqida

2-dekabr 2025 15:23 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: «Troll 2» nima haqida
Kinotavsiya: «Troll 2» nima haqida / Foto: ijtimoiy tarmoq

«Troll 2» 1-dekabr kuni Netflix tomonidan premyera qilindi. Uning 2022-yilda chiqqan birinchi qismi platforma tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan loyihaga aylangach, Netflix yangi qismdan ham shunday yirik muvaffaqiyat kutmoqda.

Filmni norvegiyalik Roar Utxaug suratga olgan. U birinchi qismda ishlagan ijodiy guruh va bosh rollarni saqlab qolgan. Kartinaning ishlab chiqaruvchisi Norvegiyaning Motion Blur studiyasi bo‘ldi.

Syujetga ko‘ra, birinchi qism davomi sifatida Norvegiya tog‘larida yana bir ulkan troll uyg‘onadi. Bu safargi maxluq avvalgisidan ham katta, kuchli va ancha tajovuzkor. Olimlar, harbiylar hamda hukumat vakillari yana favqulodda vaziyatga duch keladi. Ular tabiiy ofat darajasidagi xavfni to‘xtatish uchun yana trollga qarshi kurash boshlashga majbur bo‘ladi.

Bu safar jamoa birinchi filmda omon qolgan troll bilan ittifoq tuzish yo‘lini izlaydi. Film konfliktni kengaytirib, afsonaviy mavjudotlar olamini yanada chuqurroq ochib beradi.

Umuman olganda, film katta miqyosdagi janglar, zamonaviy vizual effektlar, Norvegiya tabiati fonidagi epik sahnalar va oila, ishonch hamda tirik qolish mavzularini o‘zida mujassam etgan.

Avvalroq «Hayvonlar shahri 2» («Zootopia 2») jahon prokatida $556 mln daromad yig‘ib, animatsion filmlar orasida eng yirik startga ega bo‘lgani xabar qilingandi.

AQShda Shukronalik kuni munosabati bilan uzaytirilgan dam olish kunlarida film $156 mln ishlab oldi. Mamlakat tashqarisidagi bozorlarda esa yana $400 mln daromad qayd etildi, shundan $272 mln Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek