
Motorola dizayni o‘ziga xos bo‘lgan yangi smartfon ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya Swarovski bilan hamkorlik qilib, orqa paneliga 14 ta Swarovski kristali o‘rnatilgan Edge 70 Swarovski Edition modelini yaratdi.
Smartfon hali rasmiy taqdim etilmagan, ammo uning render tasviri internetda paydo bo‘ldi. Unda kristallar orqa tomonga joylashtirilgani va Pantone Cloud Dancer rangi qo‘llangani ko‘rinadi. Bu rang Pantone talqiniga ko‘ra 2026-yilning rangi deb e’lon qilingan.

Texnik jihatdan qurilma oddiy Edge 70 bilan bir xil bo‘ladi. U Snapdragon 7 Gen 4 protsessori, ikkita asosiy kamera va 4800 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 270 dollarlik Moto X70 Air smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edik.