Gadjetlar

Oppo 95 dollarlik A6x smartfonini taqdim etdi

$95 dan $140 gacha
Oppo 95 dollarlik A6x smartfonini taqdim etdi / Foto: NaAvtoTrasse

Oppo kompaniyasi A6 seriyasini yangi A6x 4G va A6x 5G smartfon modeli bilan kengaytirdi. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Foto: Trashbox

Modellar faqat protsessor jihatidan farq qiladi. Oppo A6x 4G Snapdragon 685 protsessori, A6x 5G esa Dimensity 6300 SoC bilan jihozlangan. Ikkala model ham ColorOS 15 interfeysi bilan ishlaydi.

Foto: HTXT

Smartfonlar 6,75 dyuymli IPS ekranlarga ega bo‘lib, HD+ ruxsat va 120 Hz kadr tezligini ta’minlaydi. Asosiy kamera 13 MP, old kamera esa 5 MP. Avtonomlik uchun 6500 mAh batareya o‘rnatilgan, u 5 Vt quvvat bilan teskari simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. A6x 5G versiyasi esa 45 Vt quvvat bilan zaryadlashni amalga oshiradi.

Foto: GSM Arena
Foto: Superplanshet
Foto: GSM Arena

Ikkala model ham yon tomonida barmoq izi skaneri, USB-C porti va 3,5 mm audio uyasi mavjud hamda IP64 himoya darajasi bilan ta’minlangan. Oppo A6x 4G 4 GB RAM va 64 GB xotira bilan $95 dan, A6x 5G esa shu konfiguratsiyada $140 dan sotuvga chiqarilgan.

Foto: Checkdeal

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilning noyabrida taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlar e’lon qilingan edi.