Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev bugun Jizzaxdagi yo‘l va transport infratuzilmasi bilan tanishadi

Prezident Jizzaxga boradi
Shavkat Mirziyoyev bugun Jizzaxdagi yo‘l va transport infratuzilmasi bilan tanishadi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Shavkat Mirziyoyev bugun Jizzaxdagi yo‘l va transport infratuzilmasi bilan tanishadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, prezident hududda yo‘l va transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot hamda xizmatlar sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Shuningdek, prezident xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham ishtirok etadi. Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Jizzaxga «Afrosiyob»da yo‘lga chiqqan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda ekologik barqarorlik, chiqindilarni qayta ishlash va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 933 million dollarlik loyihalar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida boshlangan. 2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.