Sport

Skot Maktominay A seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Foto: BBC

Milanda bo‘lib o‘tgan Gran Gala Del Calcio taqdirlash marosimida mavsumning eng yaxshi 11 nafar futbolchisi e’lon qilindi. «Napoli» klubi yarim himoyachisi Skot Maktominay A seriyaning yil o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Futbolchi bu mavsumda Italiya chempionatida 12 o‘yinda 2 gol va 2 assist qayd etgan. Shuningdek, Maktominay o‘tgan mavsum «Napoli» chempionligiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan edi. Shotlandiyalik futbolchi «Man Yunayted»dagi omadsiz mavsumlaridan keyin Italiyada haqiqiy yulduzga aylandi.

Foto: Sara Cavallini / Getty Images

Marosimida individual mukofotlar ham o‘z egalarini topdi. «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte yil murabbiyi, «Napoli» klubi esa yil klubi deb topildi.

«Inter» hujumchisi Franchesko Esposito esa 20 yoshlilar orasida eng yaxshi futbolchiga aylandi. «Kalyari» himoyachisi Alessandro Deiolaning «Venetsia»ga qarshi o‘yinda urgan goli yil goli mukofotini qo‘lga kiritdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/12/zmxwaadlq9a3oj8tglumf4q8icbmzou.mp4
Video:FIFA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Napoli»ning sobiq murabbiyi Luchano Spaletti «Yuventus» bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.