TIV Indoneziya, Tailand va Shri-Lankadagi suv toshqinlarida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
TIV
TIV ushbu davlatlardagi qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi
Foto: Reuters

Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlarida o‘zbekistonliklar qurbonlar qayd etilmagan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

TIV ushbu davlatlardagi qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Vazirlikning diplomatik vakolatxonalari favqulodda vaziyat yuzasidan mahalliy hokimiyatlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida halok bo‘lgan, bedarak yo‘qolgan yoki jarohat olganlar aniqlanmadi.

TIV vaziyatni doimiy nazorat ostiga olganini ma’lum qildi va xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun aloqa raqamlarini e’lon qildi.

Favqulodda vaziyat bo‘yicha murojaat uchun aloqa raqamlari:

O‘zbekistonning Indoneziyadagi Elchixonasi:
+62 811 10 67 73 29
embassyuzbekistan@gmail.com

O‘zbekistonning Pokistondagi Elchixonasi (Shri-Lanka uchun):
+92 51 226 47 46
+92 3000 340 144

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi:
+66-2 675-3995
+66-2 675-3996

TIV qo‘shimcha ma’lumotlar borishi bilan ommaga yetkazilishini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek