
Toshkent viloyatida qonunga xilof ravishda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi departament va Zangiota tumani hamda Ohangaron shahri IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.
Tadbir davomida fuqarolarning «Lacetti» rusumli avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan 224 dona «Regapen» nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kelayotgani aniqlandi. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada salkam 13 ming dollarlik dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgan edi.