Gadjetlar

Apple bir nechta qurilmalarni eskirgan va foydalanish muddati tugagan toifasiga kiritdi

Eskirgan qurilmalar faqat zaxira qismlar mavjud bo‘lsa ta’mirlaydi
Apple bir nechta qurilmalarni eskirgan va foydalanish muddati tugagan toifasiga kiritdi / Foto: Estadao

Apple kompaniyasi bir nechta Apple Watch aqlli soatlarini eskirgan va ishlatilmaydigan toifaga kiritdi. Bu haqda WCCF Tech ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, foydalanish muddati tugagan soatlar qatoriga Apple Watch Series 4 Hermes 40 va 44 mm, shuningdek, Apple Watch Series 4 Nike 40 va 44 mm variantlari kirdi.

Oddiy Apple Watch Series 4 modellarining po‘lat yoki alyuminiy korpusli versiyalari hozircha faqat eskirgan toifasida qoladi. Shu bilan birga, birinchi avlod iPhone SE va 12,9 dyuymli iPad Pro ikkinchi avlodi ham ishlatilmaydigan qurilmalar qatoridan o‘rin oldi.

Foto: Apple

Apple izohiga ko‘ra, mahsulot 5 yildan ortiq, lekin 7 yildan kam vaqt oldin sotuvdan chiqarilgan bo‘lsa, u eskirgan hisoblanadi. Agar 7 yildan ko‘p vaqt oldin sotuvdan olingan bo‘lsa, foydalanish muddati tugagan bo‘ladi. Eskirgan qurilmalarni Apple faqat zaxira qismlar mavjud bo‘lsa ta’mirlaydi. Foydalanish muddati tugagan qurilmalar esa endi xizmat ko‘rsatilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple miya signallarini tahlil qilish uchun yangi PARS texnologiyasini taqdim etgan edi.