AQSh 19 ta davlatdan immigratsiyani qisman va to‘liq to‘xtatdi — ro‘yxat

AQSh 19 ta mamlakatlardan kelgan immigrantlar tomonidan berilgan barcha immigratsiya arizalarini, jumladan, Green kartalarni va fuqarolik olish jarayonlarini to‘xtatdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Cheklov siyosati iyun oyida qisman sayohat taqiqi qo‘yilgan 19 mamlakat fuqarolariga nisbatan amal qiladi. Ushbu mamlakatlar qatoriga Afg‘oniston, Somali, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Sudan, Yamanga nisbatan iyun oyida eng qat’iy immigratsiya cheklovlari qo‘llangan. Shuningdek, Burundi, Kuba, Laos, Sierra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela ham qisman cheklovlarga duch kelgan.
Quyida AQSh «qora ro‘yxat»iga tushgan davlatlar ro‘yxati:
| № | Mamlakat nomi | Cheklov turi* |
|---|---|---|
| 1 | Afg‘oniston | To‘liq cheklov |
| 2 | Somali | To‘liq cheklov |
| 3 | Myanma (Burma) | To‘liq cheklov |
| 4 | Chad | To‘liq cheklov |
| 5 | Kongo Respublikasi | To‘liq cheklov |
| 6 | Ekvatorial Gvineya | To‘liq cheklov |
| 7 | Eritreya | To‘liq cheklov |
| 8 | Gaiti | To‘liq cheklov |
| 9 | Eron | To‘liq cheklov |
| 10 | Liviya | To‘liq cheklov |
| 11 | Sudan | To‘liq cheklov |
| 12 | Yaman | To‘liq cheklov |
| 13 | Burundi | Qisman cheklov |
| 14 | Kuba | Qisman cheklov |
| 15 | Laos | Qisman cheklov |
| 16 | Sierra-Leone | Qisman cheklov |
| 17 | Togo | Qisman cheklov |
| 18 | Turkmaniston | Qisman cheklov |
| 19 | Venesuela | Qisman cheklov |
Rasmiy memorandumda Vashingtondagi milliy gvardiya a’zolariga uyushtirilgan hujum sabab sifatida keltirilgan. Ushbu hujumda afg‘onistonlik bir kishi gumon qilinib hibsga olingan. Hujum oqibatida bir gvardiya xodimi halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir jarohat olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 2026-yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritishi haqida xabar bergan edik.