BYD Sealion 6 gibrid modeli Yaponiyada 26 ming dollardan sotuvga chiqarildi

3-dekabr 2025 11:48 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
BYD Sealion 6 gibrid modeli Yaponiyada 27 ming dollardan sotuvga chiqarildi
BYD Sealion 6 gibrid modeli Yaponiyada 27 ming dollardan sotuvga chiqarildi / Foto: Nikkei

Xitoyning BYD kompaniyasi Yaponiyada o‘zining eng arzon plug-in gibrid SUV modeli Sealion 6’ni sotuvga chiqardi. Nikkei xabariga ko‘ra, uning narxi $25,6 ming.

Model BYD Japan’ning birinchi gibrid modeli bo‘lib, kompaniya 2023-yilda Yaponiyaga kirib kelganidan beri to‘rt xil elektromobil taqdim etgan. Sealion 6 esa dunyoda eng ko‘p sotilgan plug-in gibrid SUV bo‘lib, BYD yanvar–oktabr oylarida global PHV bozorining 30 foizini egalladi. Yevropada ushbu model Seal U nomi bilan iyun oyida eng ko‘p sotilgan PHEV bo‘lgan.

Foto: Nikkei

Avtomobil taxminan 100 km faqat elektrda harakatlana oladi, uzoq masofalar uchun esa benzin dvigateli yordam beradi. Yonilg‘i tejamkorligi 22,4 km/l bo‘lib, boshqa gibrid SUVlardan yuqori. Model uchta millimetr-to‘lqin radar, yuqori aniqlikdagi kamera va haydovchi yordamchi tizimlari bilan jihozlangan.

Kompaniya Sealion 6’ni Yaponiya uchun moslab qayta sozlagan. Ya’ni orqa o‘rindiqlarda qulaylik oshirilgan, tebranish kamaytirilgan, shuningdek, qora diskli versiya ham taklif etilgan. BYD Japan kelgusida yana bir nechta gibrid modellarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq BYD Ti7 avtomobili global bozorda chiqqani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, model brendning yangi global avtomobili sifatida taqdim etildi. Avtomobil Xitoy bozorida juda tez mashhurlikka erishgan bo‘lib, 80 kun ichida 50 ming dona sotilgan.

Shuningdek