Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi faoliyati yakunlandi

eʼlon qilindi
Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Ryaysyanen
Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi faoliyati yakunlandi
Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi faoliyati yakunlandi / Foto: «O‘zA»

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uning diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Foto: «Dunyo» AA

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, elchi O‘zbekistondagi faoliyati davrida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ilkka Ryaysyanen 2022-yildan buyon Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Avvalroq O‘zbekiston elchisi Avstraliya general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirgani xabar qilingandi. Rasmiy marosim Kanberra shahridagi «Government House» rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston elchisi Alisher Qayumov Avstraliya general-gubernatori Samanta Mostinga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Shuningdek