Yangiliklar

Gulistonda yuz bergan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi

Voqea sabablari atroflicha o‘rganiladi
Foto: Videodan ekran tasviri

Guliston shahrida yuz bergan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Komissiyaga prezident topshirig‘iga binoan Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi. Voqea sabablarini atroflicha o‘rganish, jabrlanganlarga yordamni muvofiqlashtirish hamda kelgusida bunday hodisalarning oldini olish choralarini belgilanadi.

Voqea o‘zi qanday bo‘ldi

2-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Uz Bek Family» MChJga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.

Hodisa natijasida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Qolgan jabrlanganlarga tibbiy muassasalarda zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samarqandda gaz portlashi ishi bo‘yicha to‘rt nafar xodim 7 yilga qamalgani haqida yozgan edi.