Yangiliklar

Gulistondagi ovqatlanish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi — video

Hodisa bo‘yicha bir kishi qamoqqa olingan
Foto: Telelgram ijtimoiy tarmog’i

2-dekabr kuni Guliston shahri, «Taraqqiyot» MFY hududidagi bozorda joylashgan ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan gaz portlashi bo‘yicha bir kishi qamoqqa olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in 2-dekabr kuni soat 10:49 da ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida gaz portlashi natijasida kelib chiqqan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/12/video_2025-12-03_12-14-31.mp4

Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining xabarida aytilishicha, hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, biroq tan jarohati olgan fuqarolarga Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyat filialida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzaxda «Hududgaz» xodimi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edi.