
Angliya Premer ligasining 14-turida «Manchester Siti» «Fulhem»ga qarshi mehmondagi bahsda ishtirok etdi. Umumiy hisobda to‘qqizta gol kiritilgan dramatik o‘yinda 4:5 hisobida «shaharliklar» g‘alabaga erishdi.
Birinchi taymda katta ustunlikka ega bo‘lgan «Manchester Siti» bo‘limni 1:3 hisobida yakunladi. Gollarga Erling Holand, Reynders va Fil Foden mualliflik qildi. «Fulhem» tarkibida esa Smit-Rou bitta gol bilan javob berdi. Ikkinchi taymni Gvardiola shogirdlari gol bilan boshladi. Foden dublni rasmiylashtirdi.

Mezbonlar futbolchisi Berge o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ygandan keyin hisob 1:5 ko‘rinishiga keldi. Bu goldan keyin «Fulhem» kutilmaganda o‘yin tizgini o‘z qo‘liga olib ketma ket hujumlar uyushtira boshladi. Dastlab Ivobi uzoq masofadan chiroyli gol kiritgan bo‘lsa, 72 va 78-daqiqalarda Chukveze o‘z dubli bilan hisobni 4:5 ko‘rinishiga olib keldi.
So‘nggi daqiqalarda «Fulhem» xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisobni tenglashtira olmadi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni zaxirada qoldirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChL doirasida «Bayer» «Manchester Siti»ni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.
