Kino va seriallar

Kinotavsiya: «Mening sirli Santam» filmi nima haqida

«My secret Santa» Netflix’da 3-dekabr kuni premyera qilindi
Kinotavsiya: «Mening sirli Santam» filmi nima haqida
Kinotavsiya: «Mening sirli Santam» filmi nima haqida / Foto: Netflix

3-dekabr kuni Netflix’da Amerika tomonidan suratga olingan romantik komediya «Mening sirli Santam» («My Secret Santa») filmi premyera qilindi.

Filmni taniqli rejissyor Maykl Rol suratga olgan bo‘lib, unda bosh rollarni Aleksandra Brekenrij, Rayan Eggold va Tia Moury ijro etgan. Kartina 2025-yilgi bayram mavsumiga mo‘ljallangan eng yorqin loyihalardan biri sifatida eʼlon qilindi.

My Secret Santa | Official Trailer | Netflix

Film syujeti ishidan ayrilgan, hayotda qiynalayotgan yolg‘iz ona atrofida kechadi. U farzandini boqish uchun mahalliy chang‘i kurortida Santa Klaus rolida ish topmoqchi bo‘ladi va buning uchun o‘zini qariyaga o‘xshatib yashirinishga majbur bo‘ladi. Voqealar murakkablashib, kurort menejeri undan shubhalana boshlaydi. Qahramon esa kutilmaganda kurort egasining jozibali o‘g‘liga oshiq bo‘lib qoladi.

Mazkur kartina ssenariysi Karley Smeyl va Ron Oliver tomonidan yozilgan. Asosiy suratga olish ishlari 2025-yil fevral oyida Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi, Kamloops shahrida bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-dekabr kuni premyera qilingan «Troll 2» filmi haqida ma’lumot bergandi.