Kventin Tarantino XXI asrning eng yaxshi filmlarini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Kinorejissyor asrning eng yaxshi filmi sifatida «Black Hawk Down» filmini tanladi
Foto: Live Journal

Mashhur rejissyor Kventin Tarantino «Bret Easton Ellis» podkastida chiqish qilib, 21-asrning o‘zi uchun eng yaxshi 10 ta filmlarini aytib o‘tdi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ridli Skotning 2001-yilda suratga olingan «Black Hawk Down» harbiy kartinasini egalladi.

62 yoshli rejissyor 1993-yilda Somalidagi Mogadisho jangida halokatga uchragan «Black Hawk» ekipajining hayotiy voqealariga asoslangan filmiga alohida hurmat bildirdi. Dastlab film unga kuchli ta’sir qilganini, keyinroq qayta ko‘rishlar jarayonida uning mutlaqo ajoyib darajada ekanligiga ishonch hosil qilganini bildirdi.

Tarantinoning ro‘yxatida kutilmagan tanlovlar ham mavjud. Ikkinchi o‘rinni «Toy Story 3» animatsion filmi egallagan bo‘lib, rejissyor uni «deyarli mukammal film» deb atadi. Uchinchi o‘rinda Sofiya Koppolaning «Lost in Translation» filmi joylashgan.

Ro‘yxatga yana bir harbiy film, Kristofer Nolan rejissyorligidagi «Dunkirk» to‘rtinchi bo‘lib kirdi. Garchi Tarantino bu filmni birinchi marta ko‘rganida yoqtirmagan bo‘lsa-da, qayta-qayta ko‘rishdan keyin unda haqiqiy mahorat borligini anglab yetgan.

Kventin Tarantinoning 21-asrning eng yaxshi 10 ta filmi:

  1. «Black Hawk Down», 2001
  2. «Toy Story 3», 2010
  3. «Lost in Translation», 2003
  4. «Dunkirk», 2017
  5. «There Will Be Blood», 2007
  6. «Zodiac», 2007
  7. «Unstoppable», 2010
  8. «Mad Max: Fury Road», 2015
  9. «Shaun of the Dead», 2004
  10. «Midnight in Paris», 2011

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hayvonlar shahri 2» filmi dam olish kunlarida 556 mln dollar yig‘gani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek