Lada B-Van miniveni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

3-dekabr 2025 09:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Rasm SI yordamida yaratilgan

AvtoVAZ yangi Lada B-Van miniveni ustidagi ishni davom ettirmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Model faqat bozor barqarorlashib, to‘lovga qodir talab paydo bo‘lgandagina rasman namoyish etiladi. Kompaniya rahbari Maksim Sokolov 2025-yilda avtomobil bozori sust bo‘lganini aytgan. Unga ko‘ra, tor segmentdagi loyiha faqat yetarli talab bo‘lganda o‘zini oqlaydi.

«Bu ommaviy model emas, sedan yoki krossover darajasidagi mahsulot ham emas. Shu sababli bozor jonlanib, real va to‘lovga qodir talab shakllangach, yangilikni taqdim etamiz», — degan Sokolov.

Avval Lada B-Van’ni 2026-yilda Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida ko‘rsatish rejalashtirilgan, seriyali ishlab chiqarish esa 2027-yilga mo‘ljallangan edi.

Hozirda kompaniya rahbari so‘zlariga qaraganda, bu muddatlar kechiktirilmoqda. Oldinroq ayni holatni sanoat ichidagi manbalar ham tasdiqlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Lada Auro Taxi avtomobili qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek