
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi mamlakatga kirish vizasi yig‘imini 20 dollarga oshirilib, 45 dollarga yetkazish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda TASS agentligi ma’lum qildi.
Vakillar Palatasi qaroriga muvofiq, farmon 30-noyabrda imzolangan bo‘lib, imzolangandan keyingi kunda kuchga kiradi. 1-dekabrgacha kirish vizasi narxi $25 ni tashkil qilgan. Kirish yig‘imlarini oshirish bo‘yicha qonun loyihasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Vakillar Palatasiga taqdim etilgan va 2-noyabrda parlament a’zolari tomonidan ma’qullangan.
Qonun loyihasi mamlakat ichida tanqidiy munosabatlarga sabab bo‘ldi. 11-noyabrda mamlakat Turizm Palatalari federatsiyasi bosh vazir Mustafa Madbuliy hamda Turizm va qadimiy obidalar vaziri Sherif Fathiga murojaat qilib, vizalar narxining oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni so‘ragan.
Rasmiylar kirish narxining oshishi turizm bozoridagi raqobatbardoshligini kamaytirishi va oxirgi yillarda kuzatilgan turistlar sonining barqaror o‘sishiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qohira yaqinida qurilishi 20 yil davom etgan va qiymati $1 mlrd bo‘lgan Katta Misr muzeyi rasman ochilgan edi.