Yangiliklar

Nvidia haydovchisiz avtomobillar uchun inson miyasiga teng sun’iy intellekt yaratdi

Alpamayo-R1
Nvidia superchiplari
Foto: Vox

Nvidia haydovchisiz transport vositalarining xavfsizligini oshirishga qaratilgan yangi SI modeli Alpamayo-R1’ni taqdim etdi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Ushbu tizim yo‘l vaziyatini matn va tasvirlar orqali bir vaqtning o‘zida tahlil qilib, mashinalarga insondek fikrlash va kontekstni chuqurroq anglash imkonini beradi. Model Kaliforniyaning San-Diyego shahrida o‘tgan NeurIPS AI konferensiyasida namoyish etildi.

Alpamayo-R1 — kompaniya tarixida avtonom haydovchilik uchun maxsus yaratilgan birinchi SI modeli hisoblanadi. U kompaniyaning oldingi aqliy tahlilga ega Cosmos-Reason modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, qarorlarni oldindan baholash qobiliyatiga ega.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yangi model haydovchisiz avtomobillarga murakkab yo‘l vaziyatlarini anglashda, xavfni baholashda va sog‘lom fikr bilan qaror qabul qilishda yordam beradi.

Nvidia, shuningdek, Cosmos Cookbook deb nomlangan yangi qo‘llanmani ham e’lon qildi. Unda SI modellari uchun ma’lumot tayyorlash va modellarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha to‘liq amaliy ko‘rsatmalar berilgan. Ikkala mahsulot ham GitHub va Hugging Face platformalarida ochiq taqdim etilgan.

Kompaniya rahbari Jensen Huangning ta’kidlashicha, fizik SI — robototexnika va avtonom tizimlarning kelajagi bo‘lib, Nvidia barcha robotlar uchun miya yaratishni maqsad qilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Nvidia bilan 3 mln dollarlik sun’iy intellekt markazini ishga tushirishi haqida yozgandi.