Gadjetlar

OnePlus Ace 6T smartfoni rasman namoyish etildi

Narxi $340 dan boshlanadi
OnePlus Ace 6T smartfoni rasman namoyish etildi / Foto: ITHome

OnePlus Ace 6T smartfoni rasmiy ravishda taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

U dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 8 Gen 5 chipi asosida ishlab chiqarilgan smartfon hisoblanadi. OnePlus Ace 6T Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipli modellarga nisbatan arzonroq bo‘ladi:

KonfiguratsiyaNarxi
12 GB RAM / 256 GB xotira$340
16 GB RAM / 256 GB xotira$380
12 GB RAM / 512 GB xotira$410
16 GB RAM / 512 GB xotira$455
16 GB RAM / 1 TB xotira$525
Foto: ITHome

Smartfon 6,83 dyuymli OLED ekran, 1,5K piksellar soni va 165 Hz yangilanish tezligi bilan jihozlangan. PWM tezligi 3840 Hz ga yetadi. Qurilmaning eng katta afzalligi — 8300 mAh sig‘imli batareya bo‘lib, maksimal 100 Vt quvvat bilan zaryadlash mumkin.

Foto: ITHome
Foto: ITHome
Foto: ITHome

Asosiy kamera Sony IMX906 (50 MP, asosiy modul) va Sony IMX355 (8 MP, keng burchakli modul) sensorlaridan iborat. Old kamera 16 MP. OnePlus Ace 6T Android 16 operatsion tizimi va ColorOS 16 interfeysi bilan ishlaydi. Qurilmada stereo dinamiklar, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4, NFC, IR-emitter va IP69K himoyasi mavjud. Smartfon qalinligi 8,3 mm, og‘irligi esa 217 grammni tashkil etadi.

Foto: ITHome

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus arzon narxda smartfon taqdim etgan edi.