Yangiliklar

O‘zbekistonda toza havo himoyasi uchun 900 mlrd so‘m ajratiladi

Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputat so‘roviga javob berdi
O‘zbekistonda toza havo himoyasi uchun 900 mlrd so‘m ajratiladi
O‘zbekistonda toza havo himoyasi uchun 900 mlrd so‘m ajratiladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda toza havo himoyasi uchun 900 mlrd so‘m ajratiladi. Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputat so‘roviga javob berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Jamshid Qo‘chqorovga sanoat korxonalariga zamonaviy filtrlash va tozalash uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, ekologik choralar uchun 2026-yil budjetidan qancha ajratilishi haqida savol berildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/12/03.12-xojayeva-.mp4
Video: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Qo‘chqorovning aytishicha, 2025-yilning o‘zida 900 mlrd so‘m maxsus jamg‘armaga o‘tkazib beriladi. Bu mablag‘ sanoat korxonalaridagi filtrlash tizimlarini yangilash va ekologiyani yaxshilash ishlariga yo‘naltiriladi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekovning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilda qo‘shimcha daromadlar hisobidan 548 mlrd so‘m yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda.

Kazbekov Toshkentda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya kun-u tun ishlayotgani, tezkor reydlar, korxonalarni vaqtincha to‘xtatish, qisqa va uzoq muddatli reja asosida tizimli ishlar olib borilayotganini ham ta’kidladi.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Qibraydagi issiqxonalarda ekoreyd o‘tkazgani xabar qilingandi. Tekshiruv chog‘ida Qibray tumanidagi issiqxonalardan biri ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, ushbu issiqxonada har kuni qariyb 150 kg ko‘mir yoqiladi. Mutaxassislar buning atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazayotganini qayd etdi.