Qirg‘izistondagi zilzila Namanganda sezildi
eʼlon qilindi
2 ball

3-dekabr soat 01:18:06 da Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hodisaning magnitudasi 3,7, chuqurligi 5 km, episentrda sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida zilzila Namangan viloyatida 2 ball bilan sezildi. Zilzila episentri Toshkentdan 229 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, koordinatalari 41,23 N, 71,96 E ni tashkil etadi.
Hozircha jiddiy talafot yoki zarar haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bangladeshda zilzila oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.