Samsung Galaxy S26 Ultra to‘q sariq rangda chiqadimi

3-dekabr 2025 13:56 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S26 Ultra to‘q sariq rangda bo‘ladimi
Samsung Galaxy S26 Ultra to‘q sariq rangda bo‘ladimi / Foto: Technizo Concept/YouTube

Samsung hali Galaxy S26 seriyasini rasmiy taqdim etmagan bo‘lsa-da, One UI 8.5 tizimida Galaxy S26 Ultra uchun yangi ranglar paydo bo‘ldi.

Gizmochina’ga ko‘ra, dasturiy ta’minot ichida topilgan yangi fon rasmlari Galaxy S26 Ultra’ning qalin palitrasiga ishora qilmoqda, shu jumladan yorqin to‘q sariq rang 2026-yilning o‘ziga xos ko‘rinishiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, model kumush, oq, pushti, qora va feruza ranglarda taqdim etilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra faqat Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan chiqariladi. S26 va S26 Plus modellari esa Samsung Exynos 2600 chipi bilan taqdim etiladi.

Shu bilan birga, kompaniya barcha modelga Qi2 magnitli simsiz zaryadlashni joriy qilishi, shuningdek, asosiy va Plus versiyalarining batareya sig‘imini biroz oshirishi mumkin.

Avvalroq Samsung Galaxy Z TriFold smartfoni 12-dekabrdan sotuvga chiqishi ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, model joriy yil 12-dekabrda Janubiy Koreyada, keyin esa Xitoy, Tayvan, Singapur, BAA va AQSh kabi boshqa bozorlarda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Galaxy Z TriFold’ni xarid qilgan mijozlarga Google AI Pro’da olti oylik sinov muddati, Gemini ilovasida Veo3 bilan ishlaydigan video generatsiyasi kabi kuchli funksiyalarga, shuningdek, 2TB xavfsiz bulutli xotiraga kirish imkoniyati beriladi.

Shuningdek