Avto

Toyota va Lexus 5-dekabr kuni yangi avtomobillarini namoyish etadi

Toyota va Lexusning ikkala sportkari ham to‘rt litrli, ikki turbinali yangi V8 benzin dvigateli bilan jihozlanishi kutilmoqda
Toyota va Lexus 5-dekabr kuni yangi sport avtomobillarini taqdim etishi kutilmoqda
Toyota va Lexus 5-dekabr kuni yangi sport avtomobillarini namoyish etadi / Foto: Toyota

Toyota 5-dekabr kuni yangi flagman sportkarini namoyish qiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Taqdimotda kamida yana ikkita yangi model ham ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Tizerlardan ko‘rinishicha, tadbirning asosiy yangiligi uzun kapotli va original LED chiroqlarga ega yangi GR GT superkari bo‘ladi. Treklarda haydash uchun alohida versiya ham tayyorlanmoqda.

Unda kengaytirilgan kuzov obvesi, Michelin trek shinalari va xavfsizlik karkasi bo‘ladi. Kadr fonida esa Lexus’ning Sport Concept’ga o‘xshash yangi kupesi ham ko‘ringan.

Hozircha modellarning texnik ma’lumotlari oshkor etilmagan bo‘lsa-da manbalar Toyota va Lexusning ikkala sportkari ham to‘rt litrli, ikki turbinali yangi V8 benzin dvigateli bilan jihozlanishi mumkinligini yozmoqda.

Avvalroq Xitoyda yangi Toyota Wildlander taqdim etilgani haqida xabar berilgandi. Model aslida joriy yilda yangilangan Toyota RAV4’ning to‘liq o‘xshash versiyasi bo‘lib, to‘qqizta komplektatsiyada sotuvga chiqqan. Narxlar $23 mingdan boshlanadi.